Главная » 2013»DEKABR»18 » Karlo Anchelotti: "Shalke-04"ga tushib omadimiz keldi yoki kelmadi deyish qiyin
00:08
Karlo Anchelotti: "Shalke-04"ga tushib omadimiz keldi yoki kelmadi deyish qiyin
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YeChL "Shalke-04" jamoasiga qarshi kechadigan o'yinlar borasida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bizga juda tajribali raqib duch keldi. Ammo omadimiz keldi yoki kelmadi deyish qiyin. Bu Chempionlar ligasi 1/8 finali va unda har ikki jamoa yuqori saviyada o'yin namoyish qiladi.
Bu juda muhim musobaqa. Jamoamiz pley-offga tayyor turishi va bor imkoniyatini ishga solishi kerak.
Albatta chorak finalga chiqish uchun kurashamiz. Chempionlar ligasining har bir o'yinida to'liq kuch bilan o'ynash kerak. Biz xatoga yo'l qo'ymasligimiz lozim", - deydi Anchelotti.