Главная » 2013 » OKTIYABR » 14 » KASADO: HAKAMLAR AYBDOR
16:21
KASADO: HAKAMLAR AYBDOR

"RM Castilla" klubi sardori Xorxe Kasado jamoa qayd etayotgan natijalarning barchasida hakamlar aybdor ekanligini aytib o`tdi:

-"Men har doimgidan ham juda qattiq xafa bo`ldim. Hakamlar bilan bog`liq vaziyatlar juda yomon. Bizning o`yinlarda hakamlar juda ko`p xato qilishadi: mavsum davomida penaltilar belgilashmadi, "Saragosa" ga qarshi o`yinda Lyorentega nisbatan juda qo`pol tarzda qoidani buzgan futbolchini maydondan chetlatishmadi, "Reactivo" ga qarshi o`yinda ikki metrlik ofsayd holatidagi golni inobatga olishdi. Endi bunday holatlarga nuqta qo`yish shart. Bizlar yosh hisoblanamiz ammo "ahmoq" emasmiz! Sizlarga jamoadoshlarim va murabbiylar nomidan aytaman. Shu paytgacha biz barchasiga jidab keldik va aytish kerak bo`lgan so`zlarni aytmadik. Oxirgi o`yinlarda biz raqib tufayli emas balki hakam tufayli yutqazib kelyapmiz. "Reactivo" ga qarshi o`yindagi holat esa hammasidan "o`tib tushdi". O`sha o`yinda biz mag`lubiyatga uchradik lekin shunga loyiq bo`lmagan holda. Biz raqib darvozasi tomon 15 marta zarba berdik, top` nazorati va hujum uyushtirish bo`yicha ham ustun edik. O`shanda biz durang o`ynashimiz yoki g`alaba qozonishimiz ham mumkin edi. To`g`ri futbolda asosiysi bu urilgan gollar soni biroq oxirgi uchrashuvda asosiy "qahramon" bu - hakam. Yosh bo`lishimizga qaramay bizda motivatsiya va tajribalar yetarlicha bor. Ayni paytda turnir jadvalida ancha xavfli o`rinlarda boryapmiz biroq biz hech narsadan qo`rqmaymiz!", deydi Kasado.



_Ronaldo7_
Прикрепления: Foto 1
Категория: Intirvyu | Просмотров: 446 | Добавил: _Ronaldo7_ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Blancos  
0
ex

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]