"Qirollik klubi" o'z maydonidagi so'nggi uchrashuvda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlay olmadi. Ushbu holat sababli "Blancos"lar o'z maydonlarida ketma-ket 11 uchrashuvdan buyon to'p o'tkazib yubormoqdalar. Jamoa so'nggi bor o'z maydonida shu yilning 17-fevral kuni La Liga 24-tur doirasidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi. Shundan buyon Diego Lopez garchi uchrashuvlarni yaxshi o'tkazayotgan bo'lsada "Bernabeo"da hech yo'g'i 1 ta to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda. Bu hol "Qirollik klubi" himoya chizig'ida ham muammolar yetarli ekanini ko'rsatadi. (P/S. Sizningcha darvozada ajoyib o'yin namoyish etsada, har o'yinda maydonni golsiz tark etmayotgan Lopez turgani yaxshimi yoki o'yin amaliyotiga ega bo'lmasada himoya chizig'ini tartibga solib tura oladigan Kasilyas? Fikrlaringizni kutamiz)?